Ko'rsatmalar

Lactoflorene® ЦИСТ

Siydik chiqarish yo'llari infeksiyalari bilan kurashish uchun kompleks formula.

Siydik chiqarish yo'llari infeksiyalari (SCYI) - anatomik xususiyatlari sababli erkaklarga qaraganda ko'pincha ayollarda yuzaga keluvchi kasallikning keng tarqalgan guruhi. Tsistit - infeksiya bilan chaqirilgan siydik qopi yallig'lanishi, ancha tez-tez uchraydigan SCYI. Ayollarning taxminan 50% tsistitdan hayotida hech bo'lmagan bir marta aziyat chekadi va ulardan 30% da xuddi shu yil davomida qaytalanishlar yuzaga keladi.

Ko'pincha infeksiyani E. Coli bakteriyasi keltirib chiqaradi, u ichakda yashaydi va mikrofloraning buzilishi holatida siydik qopiga yetib borishi mumkin. SCYI vujudga kelishida, odatda, antibiotiklar tayinlanadi, ular tez-tez o'zi bilan disbakteriozni olib keladi, u o'z navbatida kasallikning qaytalanishini qo'zg'atishi mumkin. Lactoflorene® CIST ning majmuaviy yondashuvi muammoga, uning takrorlanish ehtimolini ahamiyatli pasaytirib, tizimli ta'sir qilishga imkon yaratadi.

Lactoflorene® ЦИСТ innovatsion qadoqda - T-WIN ikki kamerali paketchalarda ishlab chiqariladi. Har bir paketcha ikki A va B qismlarga (kameralarga) bo'lingan, kamera Ada sutli-nordon bakteriyalar, kamera Bda - klyukva ekstrakti va D-mannoza saqlanadi, bu ularning ichida saqlanuvchi komponentlarning mahsulot qo'llanilguniga qadar bir-birlari bilan o'zaro ta'sirga kirmasligiga imkon beradi va ularning xususiyatlarini maqbul saqlanishini ta'minlaydi.

XUSUSIYATLARI

Lactoflorene® ЦИСТ oziqaga biologik faol qo'shimcha - tsistit bilan kurashish uchun majmuaviy formula bo'lib, uning tarkibiga probiotiklar, giyohli ekstraktlar va D-mannoza kiritilgan, ular siydik chiqarishdagi og'riqlar va achishishlarni kamaytirishga, SCYI paydo bo'lish xavflarini va ularning paydo bo'lishidan noqulayliklarni pasaytirishga yordam beradi. Lactoflorene® ЦИСТ SCYI paydo bo'lish sababi - disbakteriozga ta'sir etadi, infeksiya qo'zg'atuvchilarini chiqarilishiga yordam beradi va umuman butun tizimning salomatligi haqida qayg'uradi. Tirik sutli-nordon bakteriyalar ularning probiotik ta'siri bilan ichak florasini muvozanatini tiklashda yordam beradi. Klyukva ekstrakti, proantotsianidinlarga boy bo'lib, peshob chiqarish tizimining to'g'ri faoliyat yuritishiga ko'maklashadi. D-mannoza - bu oq qayindan olinuvchi oddiy shakar bo'lib, u sekin so'riladi va buning hisobiga buyraklarga va siydik qopiga yetib boradi, u yerda E.Coli infeksiyalarini bakteriyalar-qo'zg'atuvchilar bilan bog'lanadi va ularning siydik bilan chiqarilishiga yordam beradi. Shunday qilib, Lactoflorene® ЦИСТ ni siydik chiqarish yo'llari kasalliklarida qanday bo'lsa, ularning rivojlanish xavflarini pasaytirish uchun ham huddi shunday qo'llash mumkin.

QO'LLANILISH SOHASI

Laktobakteriyalar, proantotsianidinlar manbai - oziqaga biologik faol qo'shimcha sifatida.

QO'LLANILISHI

QO'LLASH MUMKIN BO'LMAGAN HOLATLAR

BFQ komponentlarni shaxsiy ko'taraolmaslik, homiladorlik, emizish.

Qo'llashdan avval shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

QO'LLASH USULI VA DOZALAR

Kattalarga kuniga 1 paketchadan (maksimum kuniga 3 paketchagacha), kechqurun uyqudan oldin yoki siydik qopi bo'shatilishi bilan ertalab qabul qilish maqsadga muvofiq bo'ladi. T-WIN paketchasining ikkala qismini bir stakan suvda (180 ml) eriting va olingan suspenziyani u tayyorlanishidan keyin darhol qabul qiling.
Qabul qilish davomiyligi - 10-30 kun. Zarurat tug'ilganida qabul qilishni takrorlash mumkin.
Peshob chiqarish yo'llari infeksiyalarini rivojlanish xavfini pasaytirish uchun kuniga 1 paketchadan 10 kun davomida qabul qiling.

ALOHIDA KO'RSATMALAR VA EHTIYOTKORLIK CHORALARI

TARKIBI

T-WIN sashe (kamera A (probiotiklar): maltodekstrin, shirinlashtirgich sorbit (E 420), Lactobacillus paracasei LC11 P30020 laktobakteriyalar, yopishishga qarshi agent kremniy dioksidi E 551.

T-WIN sashe (kamera B (klyukva + D-mannoza): D-mannoza, maltodekstrin shirinlashtirgich sorbit (E 420), chernika sharbatining quruq kontsentrati, nordonlik sozlagichi limon kislotasi (E 330), klyukva mevasining quruq ekstrakti, xushbo'ylashtiruvchi malina (maltodekstrin, tashuvchilar: E 414, E 1518, E 1520; nordonlik sozlagichi E 270, tabiiy xushbo'ylashtiruvchi substansiyalar, xushbo'ylashtiruvchi modda), xushbo'ylashtiruvchi o'rmon reza mevalari (maltodekstrin, tashuvchi E414, xushbo'ylashtiruvchi substansiyalar, tabiiy xushbo'ylashtiruvchi substansiyalar va moddalar), yopishishga qarshi agent kremniy dioksidi E 551, qizil lavlagi kukuni, shirinlashtirgich sukraloza E955.

Sorbit saqlaydi, haddan tashqari iste'mol qilishda ichni bo'shashtiruvchi ta'sir ko'rsatishi mumkin.

YAROQLILIK MUDDATI VA SAQLASH SHAROITLARI

2 yil, ishlab chiqarilgan sana qadoqda ko'rsatilgan.

+25 °Sdan yuqori bo'lmagan haroratda quruq va bolalar ola olmaydigan joyda saqlansin.

CHIQARILISH SHAKLI

T-WIN 2-kamerali sashe-paketchalardagi kukun massasi 4 g (1,5 g + 2,5 g). Pachkada 20 paketchalar, sof og'irligi 80 g.

ISHLAB CHIQARUVCHI

MONTEFARMACO OTC SpA, VIA IV NOVEMBER, 92.20021 BOLLATE (MI), Italiya (mahsulotni ishlab chiqarish bo'yicha faoliyatni amalga oshirish joyi manzili: Biofarma, S.r.l.Via Castellere, 2, 33036 Mereto di Tomba (Udine)), Italiya.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ISTE'MOLCHILARDAN ETIROZLARNI QABUL QILISHGA VAKOLATLANGAN IMPORTCHI:

«PN USEVEN» MChJ, O’zbekiston, Toshkent sh., Taras Shevchenko ko'chasi, 21A-uy, 312-ofis, tel.: +99871 205 81 03.

Davlat ro'yxatidan o'tkazish guvohnomasi O’zR №001705 от 05.05.2023

Biologik faol qo'shimcha. Dori vositasi hisoblanmaydi. Oziqlanishning to'liqonli ratsionini o'rnini bosish sifatida qo'llash lozim emas.