Xolesterin nima?
Xolesterin - hayvonlar organizmlarining hujayra membranalarida mavjud yog‘ga o‘xshash modda.
Inson organizmida bir qancha muhim funktsiyalarni bajaradi.
U hujayra qobig‘ining tarkibiga kiradi, bizning organizmimizning har bir zarrachasini tashqi ta’sirdan himoya qiladi.
Shu sababdan yosh o‘tishi bilan xolesterin konsentratsiyasi organizmda ortib boradi - hujayralar zaiflashib, ularga qo‘shimcha himoya kerak bo‘ladi.
Xolesterin D vitaminini, steroid gormonlarni, estrogenlarni, testosteronni ishlab chiqarishda va asab va immun tizimlarida ishtirok etadi.
Xolesterinning katta qismi (80%) jigarda, ichakda va buyraklarda ishlab chiqariladi, qolgan 20% oziq-ovqat bilan organizmga kiradi.
Qanday xolesterin darajasi yuqori hisoblanadi?
Umumiy xolesterinning 5 mmol/l dan kam bo‘lishi optimal (“istalgan”) hisoblanadi.
Umumiy xolesterinning 5,1-5,9 mmol/l bo‘lishi o‘rtacha yuqori hisoblanadi.
Umumiy xolesterinning 6 mmol/l dan yuqori bo‘lishi esa yuqori deb hisoblanadi.
Yuqori va past zichlikdagi lipoproteinlar nima?
Yuqori zichlikdagi lipoproteinlar (YZLP), “yaxshi xolesterin”, blyashka o‘sishini sekinlashtiradi va ateroskleroz jarayonlarini to‘xtatadi, ularning yuqori darajasi sog‘likka zarar qilmaydi, aksincha uni mustahkamlashga yordam beradi.
“Yomon xolesterin” – past zichlikdagi lipoproteinlar (PZLP) yuqori konsentratsiyada bo‘lganida, xolesterin tomir devorlariga cho‘kadi, natijada yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfi ortadi.
Giperxolesterinemiya nima?
Qonda xolesterin darajasining barqaror yuqori bo‘lishi bilan bog‘liq patologik holat. Giperxolesterinemiya kasallik emas, balki ateroskleroz rivojlanishiga sabab bo‘ladigan omildir.
Dislipidemia nima?
Dislipidemia - yog‘ almashinuvi buzilishi, u qonda xolesterin, triglitseridlar va aterogen lipoproteinlarning ko‘payishi yoki yuqori zichlikdagi antiaterogen lipoproteinlarning kamayishi bilan tavsiflanadi.
Yog‘ almashinuvi buzilishi (eng avvalo, qonda xolesterin, triglitseridlar va aterogen lipoproteinlarning ortishi) aterosklerozning asosiy xavf omilidir.
Ateroskleroz nima?
Ateroskleroz – arteriya devorlarida lipid infiltratsiya (blyashka) o‘choqlarining hosil bo‘lishi bilan tavsiflanadigan surunkali kasallikdir. Ateroskleroz yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishining asosiy omilidir.
Ateroskleroz bilan bog‘liq kasalliklar:
- Miokard infarkti
- Yurak ishemik kasalligi
- Insult
- Pastki oyoq-qo‘llarning arteriya aterosklerozi
- Qorin bo‘shlig‘idagi organlarning qon aylanishining buzilishi
Lactoflorene® Холестерол tarkibiga qaysi shtamm bifidobakteriyalar kiradi?
"Bifidobacterium longum BB536® bifidobakteriyalari 1×10⁹ KOY miqdorida."*
Bu bakteriyalar GRAS (Umuman xavfsiz deb hisoblanadi) maqomiga ega bo'lib, bu Bifidobacterium lactis HN019TM bifidobakteriyalarining xalqaro darajada xavfsiz ekanligini bildiradi. Ular hayotining dastlabki kunlaridan boshlab bolalar uchun ham xavfsiz hisoblanadi, shuningdek, oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida foydalanishga hech qanday cheklovlar yo'q.
*KOY – koloniya hosil qiluvchi birlik (tirik mikroorganizmlar sonini ko'rsatkichidir).