Ko'rsatmalar

XOLESTERIN NAZORAT OSTIDA

Xolesterinni me'yorda qo'llab turish uchun majmuaviy formula

Lactoflorene® ХОЛЕСТЕРОЛ – bifidobakteriyalar, qizil fermentatsiyalangan sholi, koenzim Q10 va PP vitamini bazasidagi majmuaviy formula bo'lib, u xolesterin darajasini me'yorda qo'llab turishga yordam beradi va yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanish xavfini pasaytirishga ko'maklashadi. Lactoflorene® ХОЛЕСТЕРОЛ innovatsion qadoqda - DUOCAM® ikki kameralik paketchalarda ishlab chiqariladi. Har bir paketcha ikki A va B qismlarga (kameralarga) bo'lingan, kamera Ada bifidobakteriyalar, kamera Bda - qizil fermentatsiyalangan sholi, koenzim Q10 va PP vitamini saqlanadi, bu ularning ichida saqlanuvchi komponentlarning mahsulot qo'llanilguniga qadar bir-birlari bilan o'zaro ta'sirga kirishmasligiga imkon beradi va ularning xususiyatlarini maqbul saqlanishini ta'minlaydi.

XUSUSIYATLARI

Qizil fermentatsiyalangan sholi (monakolin K) xolesterin sintezini pasaytirishga va uning parchalanishini kuchaytirishga yordam beradi, shuningdek, qonda «yomon xolesterin» deb ataluvchi past zichlikdagi lipoproteinlarning (PZLP) konsentratsiyasini pasaytiradi va antiaterogen samaraga ega bo'lgan "yaxshi xolesterin" - yuqori zichlikdagi lipoproteinlar (YUZLP) konsentratsiyasini oshiradi. PP vitamini (nikotinamid) B guruhi vitaminlarining qismi (B3 vitamini) hisoblanadi, sog'lom energetik almashinuvni ta'minlaydi, yurak-qon tomir kasalliklari va qandli diabet rivojlanishi xavfini pasaytirishga yordam beradi, me'da osti bezining shikastlanishini oldini olishga ko'maklashadi, nerv tizimiga yumshoq tinchlantiruvchi ta'sirga ega. Koenzim Q10 – vitaminsimon birikma bo'lib, u energiya hosil qilishda muhim rol o'ynaydi, qonni lipid tarkibini me'yorga keltiradi, keksa yosh jarayonlarini sekinlashtiradi va statinlarni qabul qilishdan nojo'ya samaralarni pasaytirishga yordam beradi. Hammadandan ham ko'p koenzim Q10ga yurak va butun yurak-qon tomir tizimi muhtojdir, biroq yosh o'tib borishi bilan organizmdagi koenzim Q10 miqdori pasayib boradi. Bifidobacterium longum BB536® bifidobakteriyalari - eng ko'p o'rganilgan va mashhur bakteriyalardan biridir. Bundan tashqari, ular ichak mikroflorasining me'yorda faoliyat yuritishini tiklashga ko'maklashadi, ushbu probiotiklar safro orqali sekretsiya qilinuvchi xolesterin hosilalarini so'rilishini cheklaydi.

QO'LLANILISH SOHASI

Probiotik mikroorganizmlar (bifidobakteriyalar), koenzim Q10 manbalari, PP vitamini (nikotinamid)ning qo'shimcha manbai - oziqaga biologik faol qo'shimcha sifatida.

QO'LLANILISHI

QO'LLASH MUMKIN BO'LMAGAN HOLATLAR

Mahsulot komponentlarini shaxsiy ko'taraolmaslik, homiladorlik, emizish, ichak faoliyatini buzilishiga moyillik. Qo'llashdan avval shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

QO'LLASH USULI VA DOZALAR

Kattalarga asosiy ovqatlanishgacha kuniga 1 paketchadan. DUOCAM® paketchasining tarkibini bir stakan salqin suv yoki xona haroratidagi suvda eritilsin. Tavsiya etiluvchi sutkalik doza oshirilmasin. Qabul qilish davomiyligi 6-8 hafta. Zarurat tug'ilganida qabul qilishni takrorlash mumkin.

TARKIBI

Kamera A: maltodekstrin, sorbit E420 (shirinlashtiruvchi), Bifidobacterium longum BB536® bifidobakteriyalar (ATCC BAA-999), kremniy dioksidi E551 (yopishishga qarshi agent).

Kamera B: sorbit E420 (shirinlashtiruvchi), qizil fermentatsiyalangan sholi (monakolin K), limon kislotasi E330 (nordonlik sozlagichi), qizil mevalar xushbo'ylashtiruvchisi (maltodekstrin, gumiarabik E414 (tashuvchi), xushbo'y substansiya), koenzim Q10, PP vitamini (nikotinamid), kremniy dioksidi E551 (yopishishga qarshi agent), sukraloza E955 (shirinlashtiruvchi), guar shirasi E412 (tashuvchi).

Sakarospirt (sorbit) shirinlashtiruvchi saqlaydi, haddan tashqari iste'mol qilishda ichni bo'shashtiruvchi ta'sir ko'rsatishi mumkin.

YAROQLILIK MUDDATI VA SAQLASH SHAROITLARI

2 yil, ishlab chiqarilgan sana qadoqda ko'rsatilgan.

+25 °C dan yuqori bo'lmagan haroratda quruq va bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

CHIQARILISH SHAKLI

20 DUOCAM® paketchalari 3,6 g massa bilan.

Sof og'irligi: 72 g.

ISHLAB CHIQARUVCHI

S.I.I.T. s.r.l., Via Ariosto 50/60 – 20090 Trezzano sul Naviglio (Milano), Italy (Italiya), Montefarmaco OTC SpA Via IV Novembre, 92-20021 Bollate (MI), Italy (Italiya) uchun.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ISTE'MOLCHILARDAN ETIROZLARNI QABUL QILISHGA VAKOLATLANGAN IMPORTCHI:

«PN USEVEN» MChJ, O’zbekiston, Toshkent sh., Taras Shevchenko ko'chasi, 21A-uy, 312-ofis, tel.: +99871 205 81 03.

Davlat ro'yxatidan o'tkazish guvohnomasi O’zR №001625 от 03.03.2023

Biologik faol qo'shimcha. Dori vositasi hisoblanmaydi. Oziqlanishning to'liqonli ratsionini o'rnini bosish sifatida qo'llash lozim emas.