Ko'rsatmalar

Lactoflorene® ПЛОСКИЙ ЖИВОТ

Meteorizm bilan kurashish uchun kompleks formulasi

Meteorizm - me'da-ichak yo'lida (MIY) gazlarning, ularning yuqori hosil bo'lishi yoki organizmdan yetarlicha chiqarilmasligi hisobiga, ortiqcha to'planishidir. Ushbu muammo zamonaviy davrimizda ancha keng tarqalgan muammolardan biri deb tan olingan. Meteorizm: havoli kekirik, abdominal og'riqlar, qorinning shishishi, ichakdan gazning ortiqcha ajratib chiqarilishi simptomlar bilan namoyon bo'lishi mumkin.

Meteorizmning yuzaga kelish sabablariga quyidagilar kiradi:

Meteorizm hosil bo'lishida, odatda, alohida simptomlarni bartaraf qilishga qaratilgan simptomatik davolash tayinlanadi. Biroq, bu atigi yuzaga kelgan muammoning vaqtinchalik hal etilishidir, shu sababli meteorizm, agar uning yuzaga kelishining asl sababi aniqlanmasa, bir oz vaqt o'tgandan keyin yana paydo bo'lishi mumkin. Meteorizmning paydo bo'lishini har xil sabablariga yo'naltirilgan Lactoflorene® ПЛОСКИЙ ЖИВОТ komponentlarining majmua ta'siri ushbu muammoni bartaraf qilishga yordam beradi, hamda ichak mikroflorasini muvozanatini me'yorlashtirishga yordam beradi.

Lactoflorene ® ПЛОСКИЙ ЖИВОТ innovatsion qadoqda - DUOCAM® ikki kamerali paketchalarda ishlab chiqariladi. Har bir paketcha ikki A va B qismlarga (kameralarga) bo'lingan, kamera Ada fermentlar va o’simlik ekstraktlari, kamera Bda - bifido - va laktobakteriyalar saqlanadi, bu ularning ichida saqlanuvchi komponentlarning mahsulot qo'llanilguncha bir-birlari bilan o'zaro ta'sirga kirishmasligiga imkon beradi va ularning xususiyatlarini maqbul saqlanishini ta'minlaydi.

XUSUSIYATLARI

Lactoflorene ® ПЛОСКИЙ ЖИВОТ oziq-ovqatga biologik faol qo'shimcha - majmua formulasi, uning tarkibiga probiotiklari, ovqat hazm qilish fermentlari va giyohli ekstraktlar kiritilgan, bu meteorizmning yuzaga kelishini har xil sabablar bilan kurashishga yordam beradi. Tirik bifido- va laktobakteriyalar ichakning mikroflorasini muvozanatini tiklashga yordam beradi, gaz hosil qiluvchi va chirituvchi bakteriyalarning faolligini pasaytiradi. Ovqat hazm qilish fermentlari taomlarning murakkab komponentlarini organizm o'zlashtirishga qodir bo'lgan ancha oddiy moddalarigacha parchalaydi. Alfa-galaktosidaza - qorin shishishini chaqirishga qodir bo'lgan yuqori gaz hosil qilish potensialiga ega bo'lgan murakkab uglevodlarni (dukakkali, boshoqli, moyli, ildiz paylanadigan) hazm qilishga yordam beruvchi fermentdir. Beta-galaktosidaza (laktaza) – laktozaning parchalanishini katalizatsiya qiluvchi ferment. Laktoza tanqisligi laktoza ko'taraolmasligiga olib keladi, buning natijasida ovqatga sut yoki sut mahsulotlarini iste'mol qilgandan keyin meteorizm, gazlarning to'planishi, qorinda og'riqlar va diareya kuzatiladi. Lactoflorene ® ПЛОСКИЙ ЖИВОТ tarkibidagi giyohli ekstraktlar havo chiqaruvchi samarani ko'rsatadi, MIYda gaz hosil bo'lishini kamaytirishga yordam beradi va yig'ilib bo'lgan gazlarning chiqarilishiga yordam beradi, hamda anti-stress samarani ko'rsatadi va bo'shashishga yordam beradi.

QO'LLANILISH SOHASI

Oziq-ovqatga biologik faol qo'shimcha - probiotik mikroorganizmalar (bifido- va laktobakteriyalar), flavonoidlar manbai sifatida.

QO'LLANILISHI

QO'LLASH MUMKIN BO'LMAGAN HOLATLAR

Mahsulot komponentlarini shaxsiy ko'taraolmaslik, homiladorlik, emizish.

Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

QO'LLASH USULI VA DOZALAR

Kattalarga asosiy ovqatlanishga qadar kuniga 1 paketchadan. DUOCAM® paketchasining tarkibini bir stakan salqin suv yoki xona haroratidagi suvda eritilsin. Qabul qilish davomiyligi 10-30 kun. Zarurat tug'ilganida qabul qilishni takrorlash mumkin.

ALOHIDA KO'RSATMALAR VA EHITYOTKORLIK CHORALARI

TARKIBI

Kamera A: maltodekstrin, qulupnay sharbatining dehidratirlangan kontsentrati, qulupnay sharbatining dehidratirlangan kontsentrati, dorivor limon o't barglari ekstrakti, dorivor moychechak gullari ekstrakti, inkarna passiflora giyoqlari ekstrakti, sholidan fermentatsiya qilingan maltodekstrin, qizil mevalar hushbo'ylashtiruvchi (maltodekstrin, gummiarabik E414 (tashuvchi), hushbo'ylashtiruvchi substansiya), kremniy dioksidi E551 (yopishishga qarshi agent), alfa-galaktosidaza, limon kisloti E330 (nordonlik sozlagich), marjon daraxt mevalarining tabiiy hushbo'ylashtiruvchi (ekstrakt), dorivor zangabil ildizpoyalari ekstrakti, beta-galaktosidaza.

Kamera B: maltodekstrin, Bifidobacterium lactis HN019 (ATCC: SD5674) bifidobakteriyalar, qizil mevalar hushbo'ylashtiruvchi (maltodekstrin, gummiarabik E414 (tashuvchi), hushbo'ylashtiruvchi substansiya), kremniy dioksidi E551 (yopishishga qarshi agent), Lactobacillus acidophilus NCFM® laktobakteriyalar, sukraloza E955 (shirinlashtiruvchi).

YAROQLILIK MUDDATI VA SAQLASH SHAROITLARI

2 yil, ishlab chiqarilgan sana qadoqda ko'rsatilgan.

+25 °Sdan yuqori bo'lmagan haroratda quruq, qorong'u va bolalar olib bo'lmaydigan joyda saqlansin.

CHIQARILISH SHAKLI

ISHLAB CHIQARUVCHI

S.I.I.T. s.r.l., Via Ariosto 50/60 – 20090 Trezzano sul Naviglio (Milano), Italy (Italiya), Montefarmaco OTC SpA Via IV Novembre,92-20021 Bollate (MI), Italy (Italiya) uchun.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ISTE'MOLCHILARDAN ETIROZLARNI QABUL QILISHGA VAKOLATLANGAN IMPORTCHI:

«PN USEVEN» MChJ, O’zbekiston, Toshkent sh., Taras Shevchenko ko'chasi, 21A-uy, 312-ofis, tel.: +99871 205 81 03.

Davlat ro'yxatidan o'tkazish guvohnomasi O’zR №001705 от 05.05.2023

Biologik faol qo'shimcha. Dori vositasi hisoblanmaydi. Oziqlanishning to'liqonli ratsionini o'rnini bosish sifatida qo'llash lozim emas.